Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
09.01.2026 10:00
Jamoat salomatligini muhofaza qilish, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, inson hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lgan quturish kasalligining oldini olish, uning tarqalish sabablari va muhofaza choralari bo‘yicha tushunchalarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
-Shu maqsadda O‘zbekiston tumanida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi soha mutaxassislari ishtirokida quturish kasalligini oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi va mas’ul tashkilot vakillari qatnashgan tadbirda quturish kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, klinik belgilari hamda profilaktika choralari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
-Seminar davomida mutaxassislar tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, hayvonlarni o‘z vaqtida emlash, xavfli holatlarda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish lozimligi alohida ta’kidlandi.
-Bunday tadbirlar quturish kasalligining oldini olishda aholi ongini oshirish va jamoat salomatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
So’ngi yangiliklar
Tashrif...
Ayni paytda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Qahramonovich Yusupa......
Новости | 28.04.2026 10:25
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun......
Farg‘ona shahridagi Olimpiya zahiralari sport maktabida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasining hud......
Новости | 24.04.2026 10:10
Marg‘ilon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘t......
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026 yil 17 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz ra......
Новости | 15.04.2026 09:50
Reyd tadbirlari...
Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, Sanepidqo‘mita Farg&lsquo......
Новости | 14.04.2026 09:40