22.12.2025 01:35

Mavsumiy grippga qarshi emlash Milliy dasturini baholash bo‘yicha yakuniy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘lishda turli tashkilot vakillari, jumladan: sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, mudofaa vazirliklari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda qo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari va muruvvat uylari vakillari ishtirok etdi

?? O‘zbekistonda mavsumiy grippga qarshi emlash dasturi haqidagi ma’ruza tinglangandan so‘ng, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi, JSST shtab-kvartirasi departamenti vakillarining “Grippga qarshi emlash dasturini yaxshilashga ta’sir etuvchi omillar” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi va grippning og‘ir  oqibatlari, vaksina sotib olishni moliyalashtirish masalalari keng muhokama qilindi.
- Tadbir so‘ngida barcha mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tinglab, JSST ko‘magida ishchi guruhi tuzish va mavsumiy grippga qarshi emlash Milliy dasturini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi