22.12.2025 10:10

Hududlardagi savdo yarmarkalarida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yangi yil bayrami oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalarining ishga tushirilishi aholi dasturxonining to‘kin bo‘lishi va bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qiladi. 

-Ayni kunlarda mutaxassislar tomonidan hududlarda tashkil etilgan  arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, savdo jarayonlarida sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishi holatlari o‘rganilmoqda.