05.12.2025 10:35

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi farovon hayotning mustahkam poydevori hisoblanadi. 
Konstitutsiya har bur fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoqda.

-Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi majlislar zalida 
 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. 

-Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish, yuksak saviyada nishonlash,  Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklar haqida so‘z bordi. 

Viloyatimiz  bo‘ylab o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bosh qomusimizning g‘oya va asosiy tamoyillari mazmunini keng targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.