26.11.2025 11:55

Viloyat maktablarida mavsumiy gripp va ORVI profilaktikasi kuchaytirildi

Mavsumiy shamollash va virusli kasalliklar avj olgan davrda bolalar salomatligini asrash maqsadida viloyatdagi barcha maktablarda ertalabki «filtr» tadbirlari yo‘lga qo‘yildi. Bu tadbirlar orqali o‘quvchilarning kun boshidagi umumiy ahvoli tekshirilib, kasallik belgilari barvaqt aniqlanadi va zarur choralar ko‘riladi.
Ertalabki filtr jarayonida o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari bolalarda harorat, yo‘tal, burun oqishi, holsizlik kabi alomatlar bor-yo‘qligini ko‘zdan kechiradi. Belgilar aniqlangan bolalar vaqtincha sinfga kiritilmay, ota-onasi yoki tibbiy punktga yo‘naltiriladi.

-Bu jarayon maktab ichida virus tarqalishining oldini oladi, bir nafar kasal boladan butun sinf yoki maktabga infeksiya yuqish xavfini kamaytirish bilan birga bolalar salomatligini himoya qilish va o‘quv jarayonining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.