21.11.2025 10:00

Maxsus o'quv-taktik mashg'uloti o'tkazildi

Uchko‘prik tumanida Fargʻona viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2025-yil 27-yanvardagi “Fargʻona viloyatida karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda tarqalishi xavfini oldini olish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2-sonli buyrugʻiga muvofiq navbatdagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. 

- Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda viloyatfavqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida  “Oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishlar (Botulizm)ning oldini olishda Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida  tashkil etilgan tadbirda tumandagi taʼlim muassasalari hamshiralari, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonalar bosh shifokorlari, masʼullar, Sanepidqoʻmitaning hududiy boʻlimlari mutaxassislari ва mahalla faollari ishtirok etdi.

-Unda oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarini oldini olish, Botulizm kasalligi xavf omillari va uni bartaraf etishda  davlat xizmatlarining o‘zaro hamkorligi masalalari bo‘yicha amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.