Contact us
+998-73-226-34-50
13.11.2025 10:55
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida tegishli vazirlik va idoralarga manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili noyabr oyida «Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi» tadbirlarini o‘tkazib borilishi belgilangan bo‘lib, ushbu tadbirlar Farg‘ona viloyatida 2021 yildan buyon har yili belgilangan muddatlarida o‘tkazib kelinmoqda.
- Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, viloyat raqobat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi
hamkorligida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokida tashkillangan tadbirlar ham yuqoridagi haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar jumlasidan bo‘lib, unda mutaxassislar tomonidan tadbir ishtirokchilariga haftalikni o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash borasidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi, talabalarning savollariga javoblar qaytarildi.
-Haftalik tadbirlari viloyatning boshqa oliy ta'lim muassasalarida ham davom ettirilmoqda.
So’ngi yangiliklar
Gripp va O'RVI profilaktikasi...
Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kas......
Announcements | 19.12.2025 11:35
#Kitobxon_davlat_xizmatchisi...
Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining yakun......
Announcements | 18.12.2025 11:30
Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda...
Farg‘ona viloyatidagi mavjud dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, s......
Announcements | 13.12.2025 09:35
Gripp kasalligi belgilarini bilasizmi? Vaqtida chora ko‘ring!...
Gripp kasalligi belgilarini bilasizmi? Vaqtida chora ko‘ring! ...
Announcements | 05.12.2025 11:00