05.11.2025 10:40

Uchko‘prik tumanida aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Kuz-qish mavsumida yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi ortishi munosabati bilan aholining tibbiy savodxonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Uchko‘prik tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Olmurod" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirokida mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi. 

—Seminarda aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, uy sharoitida sanitariya talablariga amal qilish hamda kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.