03.11.2025 08:40

Mavsumiy gripp va shamollashdan qanday himoyalanish mumkin ?

 Qo'llarni iliq suv va sovun bilan yaxshilab yuvish. Bu jarayon ayniqsa ko‘chadan uyga kelgandan keyin qo‘ldagi infektsiyalarni yo‘qotishga xizmat qiladi.

- Infeksiyalangan odam bilan aloqani cheklash, yuzma-yuz uchrashuvda himoya vositalaridan, ya’ni niqoblar va respiratorlardan foydalanish. 

- Uyda va ishda tozalikni saqlash: xonani muntazam ravishda shamollatish. Zarur hollarda dezinfeksiya qilish.

-Emlash. Ta'sir kuchi 1 yilga yetadi. Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaktsinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. 

- Immunitetni mustahkamlash: yaxshi dam olish, jismoniy faollik, muvozanatli ovqatlanish, bolalar, kattalar uchun vitaminlar