27.09.2025 09:15

Davra suhbati

Farg‘ona shahridagi “Saroy Gardens” mehmonxonasida OITSga qarshi kurashishda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

—Davra suhbatida viloyatda OITS kasalligi tarqalishini oldini olish bo‘yicha davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV va mahallalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, joylarda targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.

— Tadbir davomida kasallik yuqishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.