17.09.2025 10:15

Seminar

Sanepidqo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan mahallalar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

—Tumandagi  56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari  ishtirok etgan seminarda,  Sanepidqo‘mita Bag‘dod tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Erkinjonov mahallalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan  o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. 

—Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan aholini sanitariya madaniyatini yuksaltirish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.