12.09.2025 10:15

Xalqaro festival oldidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan "Uchinchi Xalqaro Hunarmandlar festivali" oldidan mutaxassislar tomonidan xorijiy hamda mahalliy mehmonlar ovqatlanadigan restoran, kafe va to‘yxonalarning sanitariya, texnik holatini yaxshilash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 

—Xususan,  mahsulotlarni saqlash ombori, oshxonalarning sanitariya holati yanada yaxshilanmoqda. 

—Shaxobchalarda qo‘l yuvish uchun sharoitlar yaratilganligi, ishchilarning maxsus kiyimlarda faoliyat yuritishi, umumiy salomatlik holati o‘rganilib tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

—Ishchi-xodimlarga “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” mavzusida maxsus o‘quv kursi o‘qitib borilmoqda