05.09.2025 08:50

Raqamlashtirish

Bugungi kunda yuqumli kasalliklar bilan kurashishda raqamlashtirish katta ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy axborot texnologiyalari orqali kasalliklarni erta aniqlash, kuzatish va oldini olish imkoniyatlari kengaymoqda.

—Raqamlashtirishning asosiy afzalliklari:
— Tezkor ma’lumot almashinuvi – har bir holat elektron bazada qayd etilib, viloyat va respublika darajasida nazorat qilinadi.
-- Erta aniqlash imkoniyati – elektron monitoring orqali kasallikning tarqalish yo‘nalishlari kuzatiladi.
— Favqulodda chora ko‘rish – xavfli kasallik qayd etilgan paytda mas’ul tashkilotlarga avtomatik xabar beriladi.
— Global hamkorlik – raqamlashtirilgan ma’lumotlar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tahlil qilinib, samarali yechimlar ishlab chiqiladi.

—Ayni daqiqalarda Farg‘ona shahridagi "Ziyorat" mehmonxonasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida
hududlardagi epidemiologiya bo‘limi mutaxassislari ishtirokida 2 kunlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.