03.09.2025 10:05

Hududlarda brakeraj

Farg‘ona viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda. O‘rganishlar jarayonida sotuvdagi meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlarini sifat va xavfsizlik talablariga qanchalik javob berishiga alohida ahamiyat qaratiladi. 

—-Buvayda tuman dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi nazorat tadbirlarida fuqarolarga tegishli bo‘lgan 131 kg poliz va meva-sabzavot mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda savdodan olindi. 

—Bozorlardagi nazorat ishlari nafaqat mahsulot xavfsizligini ta’minlaydi, balki tadbirkor va savdogarlar orasida mas’uliyatni kuchaytiradi. Chunki har bir fuqaroning sog‘lom va sifatli oziq-ovqat iste’mol qilishi — jamiyat taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim omil hisoblanadi.