28.08.2025 10:50

Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Sanoqli kunlardan so‘ng yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanadi. 

—Shu maqsadda mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalarining sanitariya holati, o‘quv xonalarining tayyorgarligi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulaylik va  sharoitlar atroflicha o‘rganilmoqda. 

— Bunday ishlarning olib borilishi yangi o‘quv yilini yuqori darajada tashkil etish, farzandlarimizni sifatli ta’lim olishi va ularning sog‘lom, xavfsiz muhitda bilim olishini ta’minlashga xizmat qiladi.