27.08.2025 11:15

Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashrif

Mustaqillik bayrami arafasida soha fidoiylarini qadrlash, ularning fidokorona mehnatini yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatish ezgu an’ana hisoblanadi.
Shu ma’noda sanitariya yo‘nalishida uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan, soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan va bugungi kunda nafaqadagi ustoz Mahfirat Yuldashevna xonadonlariga tashrif buyurildi.
—Uchrashuv davomida ustozning ibratli mehnat yo‘li, soha taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari va yoshlar uchun ahamiyatli hayotiy tajribalari tinglandi.

—Bunday samimiy muloqotlar nafaqat ustozlarga e’tibor, balki yoshlar uchun ham ilhom va rag‘bat manbai bo‘lib xizmat qiladi.