19.08.2025 09:55

Davra suhbati

—Sanepidqo‘mita Toshloq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar sog‘ligini asrash va ularni turli yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida ota-onalar va tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
— Suhbatda asosiy e’tibor virusli  gepatit A kasalligi, uning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari hamda bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish usullariga qaratildi. 
—Davra suhbatida ota-onalarga quyidagilar tavsiya etildi:
— Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish
— Bolalarda tozalik va to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish
— Har qanday alomatda uy sharoitida davo choralarini qo‘llamaslik. 
— Davra suhbatida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va profilaktika tadbirlarini birgalikda amalga oshirish ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi.