16.08.2025 08:45

Mustaqillik bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Yurtimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami oldidan, hududlarda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda viloyat  ishchi guruhi tomonidan keng qamrovli nazorat tadbirlari olib borildi.

—O‘rganishlar davomida aholi va mehmonlar xavfsizligini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish, elektr va texnik jihozlarning to‘liq ish holatida ekanligiga ishonch hosil qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, bayramda ishtirok etadigan bolalar va keksalar uchun qulay sharoitlar yaratish, favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar hamkorlikda ish olib bormoqda. 

— Bundan maqsad – Mustaqillik bayramini xalqimiz  xavfsiz, xotirjam va yuqori kayfiyatda o‘tkazishini ta’minlashdir.