02.08.2025 10:50

Davra suhbati

—Bugun jamoat salomatligini ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi vazifalar har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday dolzarb masalalar yuzasidan Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Yurt tinchligi, jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat tashkilotlarining roli va mas’uliyatini oshirishdagi ustuvor vazifalar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

—Davra suhbatida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputati, 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori F. Madaliyeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi targ‘ibotchilar jamiyati  guruh rahbari, xalq ta’limi a’lochisi Sh. To‘ychiyevlar  ishtirok etib,  davlat tashkilotlarining aholi salomatligini muhofaza qilishdagi vazifalari, tinchlik va barqarorlikning jamoat salomatligiga ta’siri, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda idoralararo hamkorlik,  bu borada uchrayotgan  kamchiliklar va ularning yechimi,  targ‘ibot va profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar hamda o‘z faoliyatlarida yurt tinchligi va sog‘lom muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar va ularning bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bayon etdilar. 

—Davra suhbati yakunida  davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish orqali jamoat salomatligini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishish mumkinligi ta’kidlandi.