Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
26.07.2025 09:05
Ma’lumki har yili 28 Iyul – Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni sifatida belgilangan.
Bu kun jahon hamjamiyatini gepatit viruslari haqida xabardor qilish, kasallikning oldini olish va davolash imkoniyatlarini keng yoyish maqsadida nishonlanadi.
Dunyo bo‘ylab har yili taxminan 1.1 million odam virusli gepatit tufayli vafot etadi.
Buning 83% qismi gepatit B va gepatit C bilan bog‘liq.
Vaqtida tashxis qo‘yish va vaksinatsiya orqali kasallikni oldini olish mumkin.
Sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena va xavfsiz tibbiy xizmat — kasallikka qarshi eng samarali choralardandir.
-- Bugun sana munosabati bilan Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasida boshqarma xodimlari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
--Unda virusli gepatit turlari, yuqish yo‘llari, klinikasi va diagnostikasi bo‘yicha Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali mutaxassisi G. Yo‘ldosheva hamda boshqarmaning epidemiologiya bo‘limi mutaxassisi U.Dehqonov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
So’ngi yangiliklar
Farg'ona eksporti...
Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bo......
Yangiliklar | 06.08.2025 11:50
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr tadbirlari izchil......
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal......
Yangiliklar | 04.08.2025 10:10
Hududlarda brakeraj...
Dehqon bozorlarida aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini nazorat qilish, hududni sanitariya h......
Yangiliklar | 31.07.2025 10:50
28 iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni....
Bu kun jahon hamjamiyatini gepatit viruslari haqida xabardor qilish, kasallikning oldini olish va davolash imkoniyatlarini ke......
Yangiliklar | 28.07.2025 01:05