10.07.2025 11:20

Sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovidir

Ushbu tadbir viloyat OITSga qarshi kurashish markazi va Qo‘shtepa tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad — aholi o‘rtasida OIV infeksiyasiga nisbatan xabardorlikni oshirish, erta tashxis va profilaktik tadbirlarni keng joriy etishdan iboratdir.

—Tezkor test usuli orqali har bir fuqaro joyida, bir necha daqiqa ichida o‘z holatini bilish imkoniga ega bo‘ladi. Test jarayoni tezkor, og‘riqsiz va to‘liq maxfiylik asosida o‘tkaziladi.
— Tekshiruvlar to‘liq ixtiyoriy va mutlaqo bepul bo‘lib, aholining keng qatlami, ayniqsa bozorlarda faoliyat yuritayotgan savdogarlar, xaridorlar va mehmonlar qamrab olinmoqda.

—Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, oldini olish choralari, muntazam tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

— Esda tuting: OIV infeksiyasi haqida bilish — bu o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilish demakdir!