08.07.2025 02:05

Bozorlarda sanitariya tozalov va dezinfeksiya ishlari davom etmoqda

Jamoat salomatligini saqlash, aholiga  har tomonlama qulaylik yaratish, ular o‘rtasida ovqatdan zaharlanish va boshqa ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish, hudud orastaligini  ta’minlash maqsadida dehqon bozorlari va savdo nuqtalarida mutaxassislar tomonidan  sanitariya tozalov va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

- Savdo rastalari, yon-atrof hududlar, maishiy chiqindilar yig‘iladigan joylar muntazam ravishda maxsus vositalar yordamida tozalanib, mahsulotlar sifati, sotuvchilarning shaxsiy gigiyena holati va sanitar talablarga muvofiqligi nazoratga olingan. 

-O‘tkazilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini saqlash va har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.