Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
30.06.2025 10:15
Inson tanasining sog‘ligi qanchalik muhim bo‘lsa, uning ruhiy holati ham shunchalik ahamiyatlidir. Tibbiyotda "so‘z bilan davolash" yoki psixologik-emosional qo‘llab-quvvatlash usuli tobora katta o‘rin egallamoqda. Bu usulda bemor tanasi emas, balki qalbi, ongi va hissiyotlari bilan muloqot qilinadi. Shifokorning samimiy so‘zi, dalda beruvchi ohangi, mehribon muomalasi ko‘pincha kuchli dori-darmonlardan ham ta’sirli bo‘lishi mumkin.
Tibbiyot xodimi — nafaqat kasallikni aniqlab, uni davolaydigan mutaxassis, balki inson ruhiyatiga kirib boradigan nozik suhbatdoshdir. Kasalxonaga tushgan bemor jismoniy og‘riqdan tashqari ruhiy tushkunlik, qo‘rquv va yolg‘izlik hissini ham boshdan kechiradi. Ana shunday paytda shifokorning: “Siz tez orada sog‘ayasiz,” “Bular vaqtinchalik, biz siz bilanmiz,” “Hech narsadan qo‘rqmang, men yoningizdaman,” kabi oddiy, lekin ishonch uyg‘otuvchi so‘zlari bemorga katta ijobiy kuch bag‘ishlaydi.
Tibbiyot amaliyotida bemorga empatiya bilan yondashish — uni chin dildan tinglash, unga mehr ko‘rsatish orqali sog‘ayish jarayonini tezlashtirish mumkinligi isbotlangan. So‘z bilan davolash usuli ayniqsa quyidagi holatlarda samarali bo‘ladi:
—surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarda;
—operatsiyadan oldingi qo‘rquvni kamaytirishda;
—onkologik bemorlar bilan ishlashda;
—bolalar va keksa yoshdagi bemorlar bilan muloqotda va shu kabilar.
Bu yerda shifokor yoki hamshiraning nafaqat aytgan so‘zi, balki ohangi, yuz ifodasi, nigohi ham muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy psixosomatika fanida tananing ba’zi kasalliklari bevosita ruhiy holat bilan bog‘liqligi isbotlangan. Masalan, stress, depressiya, yolg‘izlik hissi yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va immun tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bu esa shifokorning ijobiy va umidbaxsh muloqoti orqali bemor holatini yaxshilash mumkinligini ko‘rsatadi.
So‘z bilan davolash — zamonaviy tibbiyotning ajralmas qismi.Bugungi kunda tibbiyot oliygohlarida kommunikativ kompetensiya — ya’ni shifokorning to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmalari alohida o‘rgatilmoqda. Har bir soha mutaxassisi o‘z kasbiy bilimlari bilan birga, bemorga psixologik yondashuvni ham egallashi zarur.
Tibbiyotda so‘z — bu faqat axborot vositasi emas, balki davo, umid va kuch manbaidir. Shifokor va hamshiralarning mehrli, sabrli, e’tiborli muomalasi ko‘p hollarda bemorning sog‘ayishiga kuchli turtki beradi. Har bir tibbiyot xodimi buni anglab, so‘zining har bir ohangiga mas’uliyat bilan yondashsa, insoniyat uchun qilingan eng katta ezguliklardan birini amalga oshirgan bo‘ladi.
3-kurs amaliyotchisi
Tursunaliyeva Shohida
So’ngi yangiliklar
Farg'ona eksporti...
Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bo......
Yangiliklar | 06.08.2025 11:50
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr tadbirlari izchil......
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal......
Yangiliklar | 04.08.2025 10:10
Hududlarda brakeraj...
Dehqon bozorlarida aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini nazorat qilish, hududni sanitariya h......
Yangiliklar | 31.07.2025 10:50
28 iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni....
Bu kun jahon hamjamiyatini gepatit viruslari haqida xabardor qilish, kasallikning oldini olish va davolash imkoniyatlarini ke......
Yangiliklar | 28.07.2025 01:05