26.06.2025 08:35

Dehqon bozorlarida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Bozorlarda xarid qilishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holatiga jiddiy e’tibor berish juda muhim. Chunki noto‘g‘ri saqlangan yoki muddati o‘tgan mahsulotlar sog‘lig‘ingizga xavf tug‘dirishi mumkin.

— Ayni kunlarda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan dehqon bozorlarida quyidagi targ‘ibot ishlari olib borilmoqda:

— Aholiga ovqatdan zaharlanishning sabab va oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borish
— Muddati o‘tgan, issiq havoda tez  buziluvchi mahsulotlarni realizatsiya qilishni oldini olish
— Mahsulotlarni muzlatgichda yoki salqin joyda saqlash bo‘yicha talablar qo‘yilishi
—Sotuvchilarga gigiyena qoidalariga rioya qilish, maxsus kiyimlarda faoliyat olib borish, tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish va xavfsiz savdo qoidalari bo‘yicha tushintirish va tavsiyalar  berish
—Bozor radiouzellari orqali muntazam ravishda aholiga ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish va xabardorligini oshirish yuzasidan eshittirishlar olib borilishini ta’minlash
—Sotuv nuqtalarini muntazam nazorat qilish va sanitariya talablariga rioya etilishini o‘rganish.
—Savdo joylarini toza saklash, zararsizlantirish, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazib borilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar berish
—Sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga chek qo‘yish

— Shu o‘rinda fuqarolarga eslatma:
Shubhali mahsulotlarni sotib olmang! 
Tayyor ovqatlarni issiq holda iste’mol qiling! 
Sotuvchidan mahsulotning yaroqlilik muddati haqida so‘rashdan uyalmang! 
— Sog‘lig‘ingiz — o‘z qo‘lingizda!