19.06.2025 10:15

Press tur

—Yozgi oromgohlar ekologik toza hududlarda joylashgani bolalar salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muassasalar dam olish maskani vazifasini o‘tasada, u yerda o‘tkaziladigan tadbirlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari yosh avlodning dunyoqarashini boyitishga, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga, ularni har tomonlama kamol topishiga ko‘maklashuvchi tarbiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bolajonlar kun tartibiga rioya qilishi bilan birga boshqa bolalar bilan do‘stlashishi, ya’ni ijtimoiylashuv ko‘nikmalarini rivojlantira olishi mumkin.

—O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori hamda Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media-tadbirlar  rejasiga muvofiq, Quvasoy shahridagi "Vodiy gavhari" oromgohiga bolalarning maroqli dam olishi  uchun yaratilgan qulayliklar, muassasada sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilinishi, qo‘l yuvish joylarining sifatli tashkil etilganligi bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.