Свяжитесь с нами
+998-73-226-34-50
23.05.2025 10:25
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi salbiy omillardan biri bo‘lib, unga qarshi kurashishda davlat tashkilotlarining o‘rni juda muhimdir.
Ular jamiyatdagi korrupsiya darajasini kamaytirish va davlat boshqaruv tizimini yanada shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
Bugun Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida boshqarmada korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olishga doir olib borilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.
Tadbirning ikkinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga muvofiq "Ta’lim muassasasiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar" mavzusida brifing o‘tkazildi.
Tadbir yakunida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida ishtirokchilar boshqarmaning ayrim bo‘lim va laborotoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi
So’ngi yangiliklar
Gripp va O'RVI profilaktikasi...
Aholi salomatligini muhofaza qilish, viloyatdagi epidemiologik vaziyatni barqarorligini taʼminlash hamda mavsumiy yuqumli kas......
Новости | 19.12.2025 11:35
#Kitobxon_davlat_xizmatchisi...
Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovining yakun......
Новости | 18.12.2025 11:30
Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda...
Farg‘ona viloyatidagi mavjud dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, s......
Новости | 13.12.2025 09:35
Gripp qanday belgilar bilan namoyon bo'ladi?...
Gripp kasalligi belgilarini bilasizmi? Vaqtida chora ko‘ring! ...
Новости | 05.12.2025 11:00