30.04.2025 10:55

Immunizatsiya haftaligi

—Har yili aprel oyining oxirgi haftasida dunyo bo‘ylab “Immunizatsiya haftaligi” kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbirlar mamlakatimizdagi davolash-profilaktika muassasalarida 27 apreldan boshlangan bo‘lib, 3 maygacha davom etadi.

--Haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir inson vaksinalarning hayotni saqlab qoluvchi afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. 

—Farg‘ona viloyatida ham  13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi aholi orasida  emlash kalendariga muvofiq profilaktik va epidemiologik ko‘rsatmalarga ko‘ra samarali emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.