10.02.2025 02:30

Xavfsiz immunizatsiya

 

Aholi o‘rtasida boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi xavfsiz emlashni tashkil etish va emlashdan keyingi nojo‘ya holatlarni o‘rganish,  shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joylarda o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.Sanepidqo‘mita Farg‘ona shahar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida   viloyat Perinatal markazida  tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminarda
— emlash ishlarini sifatli  tashkil etish; 
— emlash jarayonida emlash xavfsizligini ta’minlash;                                                                                                ----immunoprofilaktika ishlarida sovuqlik zanjiriga qat’iy rioya qilish;
—emlashdan keyingi reaksiya va asoratlarni oldini olish chora tadbirlarini ko‘rish;
—tibbiyot hodimlarini "Immunoprofilaktika masalalari" bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish;
—emlash ishlari qamrovini kengaytirish masalalari haqida so‘z bordi.