31.01.2025 02:40

Yangi va zamonaviy bino foydalanishga topshirildi.

Bugun Toshloq tuman sektor rahbarlari, Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi  mas’ullari, mahalla faollari  va faxriylar ishtirokida 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshloq tuman bo‘limining yangi binosi tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25 dekabrdagi  
“2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”  PQ 404-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasi rayosat majlisining 2023-yil 11-sentyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan Toshloq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosining qurilish ishlari boshlangan edi. 
 
Yangidan barpo etilgan ushbu zamonaviy bino kelgusida tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratish, kasalliklarni erta aniqlash va epidemiologik vaziyatni nazorat qilib borish uchun xizmat qiladi.