22.06.2026 10:00

Farg‘ona shahar dehqon bozorida profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, Sanepidqo‘mita hududiy bo‘limlari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamkorligida dehqon bozorlarida nazorat ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarini savdoga qo‘yish jarayonida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganilib, sifatsiz mahsulotlar savdodan olinmoqda. Shuningdek, sotuvchilarga qonunchilik talablari hamda sanitariya qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.