16.02.2026 10:25

#Xalqaro_konferensiya

Farg‘ona shahridagi "Central Asian Medical University" xalqaro tibbiyot universitetida
Turkiya Respublikasi hamkorligida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
 
Konferensiya avvalida Farg‘ona  "Central Asian Medical University" xalqaro tibbiyot universiteti prorektori M.Botirov kirish so‘zi bilan ochib, mavzuga doir  fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
Shuningdek mavzu yuzasidan yalpi majlis ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi.
 
Unda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassisi, SAMU assistenti 
D. Nuriddinova "Farg‘ona viloyatida geterogen vaksinalar, kovid vaksinalari bilan  emlanishni retrospektiv tahlili" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.