14.01.2026 11:20

14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni!

 Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimiz himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

-Bu  kunni  mamlakatimizda faqatgina harbiylarimizgina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz  tinchlik va osoyishtalik bayrami kuni sifatida keng nishonlaydi.

-Mazkur sana  munosabati bilan bugun Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi  majlislar zalida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

- Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasi  14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimizning 34 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!

-Bayramingiz muborak bo‘lsin!