12.11.2025 09:35

Tozalik va ozodalik oyligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 15-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Tozalik va ozodalik oyligi” e’lon qilingan bo‘lib, mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalikka oid amaliy ishlar olib borilmoqda. 

-Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mitaning hududiy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan mahallalar va aholi xonadonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, hududlarda tozalikni ta’minlash  bo‘yicha targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.