18.04.2025 02:45

Siyosiy ma'rifat soati

—Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, sohani tartibga soluvchi huquqiy mexanizm yaratish ishlari izchillik bilan davom ettirib kelinmoqda.

—Bugun Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasida tashkil etilgan siyosiy ma’rifat soatida boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish,  xodimlarning odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishini nazorat qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari haqida so‘z bordi. 

—Yakunda barchaga eng asosiy va dolzarb vazifa sifatida  sohani korrupsiyadan holi tashkilotga aylantirish, tashkilot ichki mehnat qoidalariga amal qilgan holda faoliyat yuritishlari ta’kidlandi hamda  ulardan   profilaktika maqsadida kafolat xatlari olinishi ta’minlandi.