15.04.2025 01:35

Dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda

—Ayni kunda Farg‘ona viloyatida 23 ta dehqon bozorlari faoliyat yuritadi. Mazkur bozorlarning sanitariya holatini yaxshilash, fuqarolarga qulay sharoit yaratish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari soha mutaxassislari tomonidan 
nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. 

O‘tkazilayotgan tadbirlardan maqsad  sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishini ta’minlash, tegishli veterinariya hujjatlarisiz go‘sht, sut va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosini oldini olish hisoblanadi.

—Mutaxassislar tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida  olib borilgan nazorat tadbirlari davomida  1118 kg mahsulotlar iste’molga yaroqsiz deb topilib, o‘rnatilgan tartibda savdodan olindi.