14.04.2025 09:40

“Tadbirkorlik sub’yektlarida xavfni tahlil qilish tizimini raqamlashtirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

—Sanepidqo‘mita Qo‘qon shahar bo‘limi majlislar zalida Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Tadbirkorlik sub’yektlarida xavfni tahlil qilish tizimini raqamlashtirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. 

—Seminarda Qo‘qon shahar hamda Beshariq, Furqat, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Dang‘ara, Buvayda, Rishton va Bag‘dod tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdilar. 

—Boshqarma vakillari tomonidan mutaxassislarga elektron tizim bilan ishlashning afzallik va qulayliklari bo‘yicha amaliy misollar orqali batafsil tushunchalar berildi.