28.03.2025 11:10

O'quv seminari

—Qo‘ziqorinlar past kaloriyali yegulik sanalib, ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar uchun mukammal parhez turidir. Qo‘ziqorinlarning iste’molga yaroqli turlaridan lisichka, podosinovki, opyata, oq qo‘ziqorinlar, shampinyon, veshenka oshpazlikda keng qo‘llaniladi.
Aksariyat qo‘ziqorinlar juda zaharli bo‘lib, u kishini o‘limga olib kelishi mumkin va bu qo‘ziqorinlar o‘zining yesa bo‘ladigan turdoshlariga juda o‘xshab ketadi. Qo‘ziqorindan zaharlanish mavsumiy bo‘lib, asosan yilning bahor va kuz fasllarida kuzatiladi.

—Sanepidqo‘mita Toshloq tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Mikrobsiz  tabiatan zaharli bo‘lgan hayvonot va o‘simlik dunyosiga mansub oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan qo‘ziqorin  orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ovqatdan zaharlanishlar, ularning kelib chiqish sabablari, klinikasi va oldini olish choralari to‘g‘risida”  o‘quv-seminari tashkil etildi.

— Seminarda qo‘ziqorindan zaharlanish holatlari kelib chiqish sabablari, insonlarda kasallikning kechishi, diagnostikasi, davolash usullari hamda oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.