19.03.2025 10:15

Tanqidiy- tahliliy yig'ilish o'tkazildi

—Farg‘ona viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi majlislar zalida joriy yilning 14 mart kuni Sanepidqo‘mita raisi rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan masalalar ijrosi  yuzasidan  tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. 

—Boshqarmaning tegishli bo‘lim boshliqlari va hududiy bo‘limlari mas’ullari ishtirok etgan yig‘ilishda hududlarda olib borilayotgan sanitariya targ‘ibot tadbirlarini sifatli tashkil etish,  davlat tasarrufidagi muassasalar hamda tadbirkorlik sub’yektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarni o‘tkazish tartibi, xavfni taxlil qilish tizimi bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, unga ko‘ra har bir shahar va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mas’ullariga faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.