Contact us
+998-73-226-34-50
04.03.2025 02:20
—Bugun Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5-iyundagi "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida" gi qonunning mazmun-mohiyati hamda 2024 yil davomida boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar, muammolar va 2025 yilda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifa va majburiyatlar haqida so‘z bordi.
—Yig‘ilishda boshqarmaning tuman, shahar bo‘limlarining Kadrlar bo‘yicha inspektorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mas’ul xodimlari hamda boshqarmaning hududlardagi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.
—Viloyat Adliya boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasi, viloyat Statistika boshqarmasi hamda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalarda
korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirish, har qanday korrupsion holatlarni oldini olish, davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishini nazorat qilish, boshqarmada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so‘z yuritildi.
—Yakunda hududlarda soha faoliyatini takomillashtirish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga doir chora tadbirlar ishlab chiqish va mavzu yuzasidan bahs-munozalar bo‘lib o‘tdi.
So’ngi yangiliklar
Farg'ona eksporti...
Viloyatimizda esportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashqi bo......
Announcements | 06.08.2025 11:50
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki filtr tadbirlari izchil......
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga amal......
Announcements | 04.08.2025 10:10
Hududlarda brakeraj...
Dehqon bozorlarida aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini nazorat qilish, hududni sanitariya h......
Announcements | 31.07.2025 10:50
28 iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni....
...
Announcements | 28.07.2025 01:05