Biz bilan bo’glanish
+998-73-226-34-50
13.02.2025 08:50
O‘zbekistonda may oyidan «Toza qo‘llar» dasturi boshlanadi. Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari jihozlanishi, jamoat hojatxonalari va umumiy ovqatlanish punktlari sovun hamda antiseptik bilan ta’minlanishi, sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash dasturi qabul qilinishi kerak.
O‘zbekistonda 1 maydan aholi, ayniqsa, yosh avlod vakillarining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bu prezidentning 30 yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan, «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» yili (2025)da amalga oshirishga oid davlat dasturida ko‘zda tutilgan.
«Toza qo‘llar» dasturi barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena xonalari (hojatxonalar, dush va boshqalar)ning texnik holatini yaxshilash choralari ko‘rilishi, barcha qurilayotgan yangi muassasalarda esa ular binolarning ichki qismida joylashtirilishi kerak.
Ushbu muassasalar yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutishni rejalashtirishlari kerak.
Shuningdek, may oyidan boshlab barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari va umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar joriy etiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, zarur hollarda, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida yil davomida byudjet tashkilotlariga qarorda nazarda tutilgan tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish topshirildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga bir oy muddatda mazkur muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun mablag‘lar ajratish normativlarini qayta ko‘rib chiqish va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga 1 avgustga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMTning xalqaro ekspertlarini jalb qilgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida, jumladan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash dasturini ishlab chiqish va hukumatga kiritish vazifasi qo‘yildi.
So’ngi yangiliklar
Quturish kasalligidan himoyalanish va oldini olish choralaridan xabard......
Aholi o‘rtasida quturish kasalligi kirib kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda holatlarni oldini o......
Yangiliklar | 23.04.2025 09:45
Ogoh bo'ling!...
— Go‘shtdan qiyma mahsulotini ishlab chiqarish va undan taom tayyorlashda yuqoridagi tavsiyalarga qat’iy am......
Yangiliklar | 09.04.2025 09:25
Emlanish – Yuqumli kasalliklardan himoyalanishning eng samarali yo‘li......
-- Emlanish – bu organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun maxsus tayyorlangan vaktsinalarni kiri......
Yangiliklar | 01.04.2025 11:55
Tibbiyot muassalarida muolajalardan keyin hosil bo'ladigan chiqindilar......
A-sinf - maishiy chiqindilar singari tashib ketiladi B-sinf - ixtisoslashgan tashkilot transportida ta......
Yangiliklar | 12.03.2025 12:00